Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
15-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputat — Saitmurodov O‘ktam Nayman mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Samarqand viloyati, shahar va tuman Kengashlari deputatlari tomonidan 2026-yil yanvar oyida yuborilgan deputatlik so‘rovlari yuzasidan ma’lumotnoma
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Senat ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida aholi farovonligini oshirishga doir ishlar o‘rganildi
янв.21
Kattaqo‘rg‘on tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil fevral oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Samarqandda “Ogoh bo‘ling, firibgarlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining Senatda malakaviy amaliyoti boshlandi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Viloyat kengashi deputati mahallada
Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

A.Navoiy mahallasida ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarning murojaatlari yuzasidan tuman Kengashi deputati Karomat Karimova hamda mahalla xotin-qizlar faoli bilan birgalikda fuqarolar xonadonlariga tashrif buyurildi.

➡️ Ergashova Gulnora

(O‘qituvchilar ko‘chasi, 8-uy)

Fuqaroga davolanishi uchun moddiy yordam zarurligi ma’lum bo‘ldi. Ijtimoiy xodim bilan birgalikda “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan yordam ajratish hamda kundalik qarovchi biriktirish masalasi belgilab olindi.

➡️ Ro‘ziqulova Mahbuba

(Baxt ko‘chasi, 10-uy)

Fuqaroni operatsiyadan keyingi holati o‘rganilib, davolanish jarayonini davom ettirishi uchun ko‘mak zarurligi aniqlandi. Boyovut tumani tibbiyot birlashmasi bilan birgalikda davolanish uchun order rasmiylashtirish belgilandi.

Fuqarolarning murojaatlari doimiy nazoratga olinib, amaliy yordam ko‘rsatish ishlari davom ettiriladi.

Slide 1 of 3