Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Deputatlar tashabbusi hokim tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 5-fevral kuni o‘tkaziladi 📣
янв.21
Deputat saylovchilarga hisobot berdi
янв.21
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Narpay tumanida Ishchi guruhlar o'rganishlari davom etmoqda
янв.21
Prezident belgilagan vazifalar ijrosi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
2025-yilning eng faol deputatlari taqdirlandi!
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi AI muhbirimiz talqinida
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 23-yanvar kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

JAHOLATGA QARSHI MA’RIFAT

Tuman targ‘ibot guruhi tomonidan aholini turli g‘oyaviy-mafkuraviy tahdidlar va axborot xurujlaridan asrash, ularning ma’naviy immunitetini mustahkamlash maqsadida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Navoiy viloyati boshqarmasiga qarashli Qiziltepa tumanidagi 36-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati xodimlari ishtirokida ham ayni mavzuda tadbir o‘tkazildi. 

Tadbirda tuman Kengashi deputati O.Tilavov, Qalayi-Azizon mahalla raisi so'zga chiqdi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda olib borilayotgan diniy va dunyoviy islohotlar, bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik va yosh avlodni turli yot g‘oyalar ta’siridan asrash yo‘llari, ekstremizm, terrorizm va missionerlik kabi xatarlardan ogoh bo‘lish xususida fikrlar bildirdilar.

Jarayonda sohaga oid qisqa metrajli filmlar namoyish etildi.

Slide 1 of 3