Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Narpay tumanida Ishchi guruhlar o'rganishlari davom etmoqda
янв.21
Prezident belgilagan vazifalar ijrosi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
2025-yilning eng faol deputatlari taqdirlandi!
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi AI muhbirimiz talqinida
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 23-yanvar kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
янв.21
Maktablarda yaratilgan sharoitlar va ta'lim sifati o'rganilmoqda
янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligining muhim kafolati.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 23-yanvar kuni o‘tkaziladi 📣
янв.21
Deputat tomonidan yoshlarni taziqga uchrashini oldini olish borasida davra suhbati tashkil etildi
янв.21
Narpay tumanini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni o'rganish ishchi guruhlari o'z ishini boshladi.
Tuman Kengashining Mahalliy byudjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Kun tartibiga kiritilgan Vobkent tumanida mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlarining ijrosi yuzasidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida, Vobkent tumanida “Tashabbusli byudjet” jarayonining 2025-yilgi 1 va 2-mavsumini oʻtkazish boʻyicha “Fuqarolar tashabbusli byudjeti” jamgʻarmasiga yoʻnaltirilgan mablagʻlar ijrosi yuzasidan 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida, Vobkent tumanida 2026-yilda zaxira va imkoniyatlarni ishga solish orqali hududlarni rivojlantirishni yanada jadallashtirish va aholi bandligini oshirish boʻyicha ishlab chiqilgan drayver loyihalarning moliyalashtirishni amalga oshirish toʻgʻrisida hamda “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot yili” davlat dasturida belgilangan ustuvor vazifalarni amalga oshirish yuzasidan Vobkent tumanida belgilangan amaliy tadbirlar rejasining ijrosi boʻyicha 2025-yil davomida amalga oshirilgan ishlar haqidadagi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Yigʻilishda Vobkent tumani iqtisodiyot va moliya boʻlimi va Oʻzbekiston Mahallalar uyushmasining Vobkent tumani boʻlimi vakillarining xisobot va axborotlari tinglanib, doimiy komissiya aʼzolari D.Hayitova, A.Kenjayevlar tomonidan kun tartibidagi masalalar borasida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar yuzasidan fikr-mulohaza va takliflar bildirildi.  

Yigʻilish yakunida muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi. 

Slide 1 of 4