Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Narpay tumanida Ishchi guruhlar o'rganishlari davom etmoqda
янв.21
Prezident belgilagan vazifalar ijrosi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
2025-yilning eng faol deputatlari taqdirlandi!
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi AI muhbirimiz talqinida
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 23-yanvar kuni Kengashlar uyi binosida o‘tkazildi.
янв.21
Maktablarda yaratilgan sharoitlar va ta'lim sifati o'rganilmoqda
янв.21
Aholini ro‘yxatga olish — sog‘liqni saqlash tizimi samaradorligining muhim kafolati.
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi 23-yanvar kuni o‘tkaziladi 📣
янв.21
Deputat tomonidan yoshlarni taziqga uchrashini oldini olish borasida davra suhbati tashkil etildi
янв.21
Narpay tumanini 2025-yilda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida amalga oshirilgan ishlarni o'rganish ishchi guruhlari o'z ishini boshladi.
Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.

#Munosabat

Prezidentimizning Davosda Tinchlik kengashi Nizomini imzolashi — mamlakatimiz tashqi siyosatining prinsipial va amaliy mantiqidan kelib chiqadigan strategik qarordir.

O‘zbekiston ta’sischi davlatlardan biri sifatida ushbu tuzilma faoliyatiga qo‘shilar ekan, eng avvalo, milliy xavfsizlik manfaatlarini kengroq mintaqaviy barqarorlik bilan uzviy bog‘lamoqda.

Yaqin Sharqdagi mojarolar va gumanitar inqirozlar bir hudud bilan cheklanib qolmaydi, ularning oqibatlari radikallashuv, ekstremistik tarmoqlarning faollashuvi, noqonuniy migratsiya va transmilliy tahdidlar ko‘rinishida butun mintaqalarga tarqaladi.

Shu ma’noda, G‘azo atrofidagi keskinlikni kamaytirish va barqaror siyosiy yechim topishga qaratilgan xalqaro formatda ishtirok etish O‘zbekiston uchun — o‘z xavfsizligini oldindan mustahkamlash, tahdidlarni ildizida jilovlash va tinchlikni amaliy instrumentlar orqali qo‘llab-quvvatlash demakdir.

Bu tashabbus O‘zbekistonning tashqi siyosat tamoyillariga mos, vazifalari bizning manfaatlarimiz bilan uyg‘un. Eng muhimi, mintaqada mamlakatimiz uchun strategik ahamiyatga ega yo‘nalishlarda manfaatli loyihalar, gumanitar sa’y-harakatlar va barqarorlikni mustahkamlovchi kelishuvlarga qiziqishimiz mavjud.

Bu qadam yana bir muhim haqiqatni anglatadi, O‘zbekiston xalqaro maydonda endi kuzatuvchi emas, mas’ul va faol ishtirokchi sifatida tan olinmoqda. Bu a’zolik ishonch va hurmatning siyosiy ko‘rsatkichi bo‘lib, mamlakatimizning muvozanatli, pragmatik va tinchlikparvar diplomatiyasi tobora kuchayib borayotganini tasdiqlaydi.

Biz bu jarayonga tenglik va o‘zaro hurmat asosida, xalqaro sheriklar bilan birga yechimlar izlash, mojarolarni siyosiy yo‘l bilan bartaraf etish va barqarorlikka real hissa qo‘shish uchun kirmoqdamiz. Chunki tinchlikni ta’minlash—xavfsizlik, taraqqiyot va inson manfaatini himoya qiladigan aniq siyosiy mas’uliyatdir.