Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyatining shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlarining 2025-yil ish faoliyati sarhisob etildi.
янв.21
Doimiy komissiya yig'ilishi o'tkazildi
янв.21
Deputatlar tashabbusi hokim tomonidan qo‘llab-quvvatlandi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma oltinchi sessiyasi 5-fevral kuni o‘tkaziladi 📣
янв.21
Deputat saylovchilarga hisobot berdi
янв.21
Senatda navbatdagi o‘quv seminarlari o‘tkazilmoqda
янв.21
Narpay tumanida Ishchi guruhlar o'rganishlari davom etmoqda
янв.21
Prezident belgilagan vazifalar ijrosi — jamoatchilik nazoratida
янв.21
2025-yilning eng faol deputatlari taqdirlandi!
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashining navbatdagi yigirma beshinchi sessiyasi AI muhbirimiz talqinida
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi nazoratda!

 🔹Dastur ijrosi yuzasidan mahalliy kengash deputatlari Laziz Turanov, Muqimjon Dexqonov va O‘zXDP tuman kengashi raisi Zamiraxon Darvisheva
Uchko‘prik tumanidagi 2 va 29-umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘rganishlarni davom ettirmoqdalar.
 

🔹Tumandagi 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida olib borilgan o‘rganishlar jarayonida: 8-sinf o‘quv xonasi yoritgich chiroqlari ma’naviy eskirgani,
boshlang‘ich sinf xonasining issiqlik tizimi qish mavsumi uchun belgilangan talablarga javob bermasligi aniqlangan. Maktab binosidan 1979-yildan buyon foydalanib kelinayotgani bois o‘quv xonalari eshiklari ta’mirtalab holatga kelib qolgan. Ta’mirlash ishlarini amalga oshirish uchun tegishli dasturga kiritilishini so‘rab pedagoglar jamoasi murojaat qilganlar. O‘quv muassasasi atrofini obodonlashtirish maqsadida yuz tubdan ziyod mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekilgan.
 

🔹O‘rganishlar natijasida: 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quv xonalarida issiqlik ta’minoti yaxshi yo‘lga qo‘yilgan, o‘quvchilar qulay sharoitda belgilangan maktab kiyimida darslarga qatnashmoqda. O‘quv muassasasi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan. Biroq maktab sport zali eshiklari
ma’naviy eskirgan, issiqlik qozonxonasi yangilanishga muhtoj. Yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan yana biri - 29-umumiy o‘rta ta’lim maktabi hamda 2-son davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tashqi maydoni o‘rtasidagi chegara devori ma’naviy eskirganligi uchun tarbiyalanuvchi bolalar hamda o‘quvchilar xavfsizligi talablariga javob bermasligi aniqlandi.
 

🔹Maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari muammolari yechimini ijobiy hal etish maqsadida mahalliy kengash deputatlari tomonidan
tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborildi va nazoratga olindi.
 

Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi kotibiyati  

Slide 1 of 1