Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
15-Dehqonobod saylov okrugidan saylangan deputat — Saitmurodov O‘ktam Nayman mahallasida aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
янв.21
Samarqand viloyati, shahar va tuman Kengashlari deputatlari tomonidan 2026-yil yanvar oyida yuborilgan deputatlik so‘rovlari yuzasidan ma’lumotnoma
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati shahar va tuman Kengashlari kotibiyatlari mudirlari hamda mutaxassislari ishtirokida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi.
янв.21
Senat ishchi guruhi tomonidan Samarqand viloyatida aholi farovonligini oshirishga doir ishlar o‘rganildi
янв.21
Kattaqo‘rg‘on tumanida Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining sayyor majlisi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining 2026-yil fevral oyida amalga oshiriladigan ishlar rejasi
янв.21
Samarqandda “Ogoh bo‘ling, firibgarlar” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi
янв.21
Mahalliy Kengash deputatlarining Senatda malakaviy amaliyoti boshlandi
янв.21
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Viloyat kengashi deputati mahallada
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati J.Shamsiyev deputat so‘rovlari to‘g‘risida ma'lumot berdi

Avvalo ta’kidlash o‘rinliki, har qanday tashkilot rahbari o‘z faoliyati borasida xalq vakillariga hisob berishga, so‘rovlariga javob yo‘llashga ham vijdon, ham qonun oldida majbur hisoblanadi.

Haqiqatan ham shundaymi? Bo‘lsa bo‘lar, bo‘lmasa g‘ovlab ketar qabilida ish tutib, deputat so‘rovlarini paysalga solayotgan rahbarlar haliyam bormi?
"Payariq hayoti" gazetasi muhbirining mazkur savollarga tuman Kengashi deputati Jasur Shamsiev shunday javob berdi.

- Deputat so‘rovini mensimaslik – qonunni mensimaslik bilan barobar,-deydi J. Shamsiev.- Har qanday so‘rovga mas’ul tashkilot rahbari 10 kun ichida javob berishi shart. Deputatlik so‘rovi shunchaki so‘rov emas. Chunki u xalq nomidan yuboriladi va xalqqa o‘z vaqtida javobini yetkazish kerak. 2023 yil davomida 37 ta deputatlik so‘rovlarini yubordim. So‘rovlarga befarqlik bilan yondoshgan tashkilot rahbarlari ham yo‘q emas. 28 ta deputatlik so‘rovimiz ijobiy hal etildi. 8 tasiga esa huquqiy maslahat berildi. Umuman olganda, deputatlik so‘rovlarimizga javoblar olinayapti. Ilgarilari umuman vaziyat boshqacha bo‘lgan. Deputatlik so‘rovlari rahbarning stol tortmasida qolib ketgan. Na og‘zaki, na yozma javob bo‘lgan.

Hozirgi deputatlar oldingidek emas. Sessiyaga kirib faqat qo‘l ko‘tarib tasdiqlash emas, balki o‘z fikrlari bildirish bilan yondoshayaptilar. Kerak bo‘lsa, muammo bo‘yicha tortishayapti ham. Unday qilsa, bunday bo‘ladi, bunday qilsa, unday bo‘ladi deb. Masalan, hokim yoki prokuror, ichki ishlar boshliqlari hisobotlarida ilgarilari jimjitlik hukm surardi. Hozir deputatlarimiz dadil-dadil gapirib, rahbarlarimizga jo‘yali, kerakli savollar va takliflarni taqdim etayapti. Bu oshkoralik, ochiqlikdan darak deb o‘ylayman.

Ochig‘ini aytganda, deputatlarimiz ish faoliyatida jonlanish bor. Lekin xalqimiz deputatlarimizdan bundan ham zalvolliroq natijalarni ko‘tarishga umid bog‘lamoqdalar.

Xalq deputatlari Payariq tuman Kengashi deputati Jasur Shamsiev

Slide 1 of 1