Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri I. Masharipov tomonidan saylov okrugidagi mahalla fuqarolar yig‘inlari faoliyati o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida:
▪️ Mahallalarda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar;
▪️ Aholini qiynayotgan muammolar;
▪️ “Og‘ir” mahallalar dasturi doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar holati;
▪️ Infratuzilma obyektlarini rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar atroflicha tahlil qilindi.
📌 Jumladan, Qo‘shko‘pir mahallasida 2026-yilda davlat budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan MANZILLI DASTUR loyihalari yana bir bor ko‘rib chiqildi.
💬 O‘rganish davomida:
✅ Hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish;
✅ Aholi uchun qulay infratuzilma yaratish;
✅ Loyihalarning sifatli va manzilli amalga oshirilishini ta’minlash yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
🤝 Hududlarni obod qilish, aholining turmush farovonligini oshirish hamda mahallalarda tizimli ishlarni davom ettirish ustuvor vazifa etib belgilandi.