Deputat va kotibiyat mudiri tomonidan hududdagi mahalla infratuzilmasi joyiga chiqib o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahalladagi mavjud infratuzilma holati, ichki yo‘llar, ijtimoiy soha obyektlari, kommunal xizmatlar hamda aholi uchun yaratilgan shart-sharoitlar ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, deputatlar tomonidan mahallada faoliyat yuritayotgan “mahalla yettiligi” tizimi faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Ularning aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni aniqlash va hal etish, shuningdek, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni muvofiqlashtirish borasidagi ishlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalla darajasida amalga oshirilayotgan ishlarni yanada takomillashtirish, aholining muammolarini tezkor hal etish hamda infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.