Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining hafta davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan infografiya ma'lumotlar.
янв.21
Hafta davomidagi eng faol deputatlarimiz
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati mudiri hududdagi Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan yaqindan tanishildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati M.G'oibnazarov tomonidan tuman hokimligiga deputatlik so‘rovi yuborildi
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova hamda Kengash kotibiyati mudiri M.G'oibnazarovlar hududda elektr ta’minoti sifati talab darajasida emasligi yuzasidan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi hamda Kengash kotibiyati mudiri tomonidan hududdagi umumta’lim maktabida “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati, kotibiyat mudiri M.G'oibnazarov tomonidan Zomin tuman elektr tarmoqlari korxonasiga chiqarilgan deputat so‘rovi ijobiy xal qilindi.
янв.21
Hozirda fuqaro davolanishi (“jarrohlik amaliyoti”) uchun Jizzax kardiologiya markaziga joylashtililgan
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Q.O‘rolov tomonidan 2026-yil 22-may kuni Zomin tumani Adliya bo‘limi Yuridik xizmat ko‘rsatish markazi bosh yuriskonsulti T.Umarov hamda “Madad” NNTning Zomin tumani huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi I.Toshboyev bilan hamkorlikda Qo‘shtol MFYda sayyor qabul tashkil etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan tuman obodonlashtirish boshqarmasiga deputatlik soʻrovi yuborildi.
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining VII chaqiriq 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining VII chaqiriq 23-sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Sessiya kun tartibiga kiritilgan muhim masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi:

✅1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev boshchiligida 2026-yil 12-mart kuni o‘tkazilgan “Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish” masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriq ijrosi yuzasidan Bandixon tumanida xalq murojaatlari bilan ishlash chora-tadbirlari to‘g‘risida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

✅2.Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida
Ma’ruzachi: tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i

✅3. Yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqiy savodxonligini oshirish shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi tadbirlarni moliyalashtirish to‘g‘risida.
Ma’ruzachi: tuman Yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i O.Eshpo‘latov

✅4.Bandixon tumani  mahalliy budjetining 2026 yil boshida aniqlangan erkin qoldiq mablag‘lari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

✅5. Bandixon tumani  mahalliy budjetining I chorak  yakunida shakllangan qo‘shimcha manbalari hisobidan mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida.

Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

✅6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-71-sonli Farmonining tumandagi ijrosi to‘g‘risida.

Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi.

✅ Sessiya yakunida ko‘rib chiqilgan barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilindi.
Slide 1 of 6