Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati Y.Safarov hududda “Madad” nodavlat notijorat tashkilotining Zomin huquqiy maslahat byurosi vakillari bilan hamkorlikda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ishlarni olib bormoqda.
Xususan, hududda xonadonma-xonadon yurish orqali aholining muammolari, taklif va murojaatlari o‘rganilmoqda. Jarayonda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, ularni qiziqtirgan masalalar bo‘yicha bepul huquqiy maslahatlar taqdim etilmoqda.
Shuningdek, aniqlangan muammolarni joyida hal etish, vakolatli tashkilotlar bilan hamkorlikda yechim topish hamda murojaatlarning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli choralar ko‘rilmoqda.
Fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda