Tuman Kengashi deputati M.Egamnazarov tomonidan hududda joylashgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti (DMTT) faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Tashrif davomida muassasadagi ta’lim-tarbiya jarayoni, yaratilgan shart-sharoitlar hamda bolalar uchun tashkil etilgan muhit o‘rganildi.
Deputat tomonidan guruh xonalari, oshxona, yotoqxonalar hamda o‘quv jihozlari holati ko‘zdan kechirilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.
Shuningdek, muassasa xodimlari bilan suhbat o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar, jumladan, moddiy-texnik baza, ta’minot va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Tashrif yakunida DMTT faoliyatini yanada takomillashtirish, bolalar uchun yanada qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish bo‘yicha va ko'tarilgan masalalar bo'yicha amaliy choralar ko‘rilishi hamda tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovi chiqarilishi ta’kidlandi.