Kengash deputati M.Egamnazarov tomonidan hududda saylovchilarning murojaatlarini o‘rganish bo‘yicha qabul o‘tkazildi. Qabul davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar, taklif va murojaatlar tinglandi.
Xususan, mahalla infratuzilmasi, bandlik hamda ijtimoiy sohalarga oid masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi. Har bir murojaat deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish va nazoratga olish choralari belgilandi.
Shuningdek, ayrim masalalar joyida hal etilib, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar yuzasidan mas’ul idoralar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidlandi.