Tuman Kengashi deputati Q.O'rolov tomonidan hududdagi saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida aholini qiynayotgan muammolar, mavjud kamchiliklar hamda ularni bartaraf etish bo‘yicha taklif va murojaatlar tinglandi.
Xususan, ichimlik suvi ta’minoti, yo‘l infratuzilmasi masalalar yuzasidan ko‘tarilgan murojaatlar atroflicha muhokama qilindi.
Deputat tomonidan hududda ichimilik suvi ta'minotini yaxshilash bo'yicha Kengash qaroriga asosan mablag' ajratilganligi va ushbu masalani hal qilish choralari ko‘rilganligi ta’kidlandi.
Shuningdek, uchrashuvda amalga oshirilayotgan islohotlar, hududni rivojlantirish borasida olib borilayotgan ishlar yuzasidan ham ma’lumot berildi.