Yig‘ilishda “Chiqindilar to‘g‘risida”gi №362-II-sonli O‘zbekiston Respublikasi Qonunining tumandagi ijrosi ko‘rib chiqildi. Deputatlar tomonidan hududlarda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan atroflicha muhokama o‘tkazilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Shuningdek, mas’ul tashkilotlarga qonun ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda bu boradagi ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab berildi.