Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosi to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 27-APRELDAN 1-MAY KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

XALQ DEPUTATLARI PAYARIQ TUMANI KENGASHINING 27-APRELDAN 1-MAY KUNLARIGA MO'LJALLANGAN REJA-GRAFIGI

Hisobot, (axborot)lar va muhokamalar

“Yashil makon” umummilliy loyihasi ijrosi yuzasidan qat’iy nazoratni davom ettirish, jumladan:

– iqlim o‘zgarishining oldini olish va atmosfera havosini muhofaza qilish;

– hududlarni ko‘kalamzorlashtirish ishlarini jadallashtirish;

– suv xo‘jaligi obyektlaridan samarali foydalanish hamda suv resurslari bilan ta’minlashdagi muammolarni o‘rganish va muhokama qilish.

(Mas’ul: Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya hamda tegishli mutasaddi tashkilotlar)

Tumandagi sanitariya-epidemiologik holatni, shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holatini ko‘rib chiqish.

(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

Deputat so‘rovlariga o‘z vaqtida javob berish holatlarini ko‘rib chiqish hamda ular yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilishni dastlabki tartibda muhokama qilish.

(Mas’ul: Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya)

Aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini ommalashtirish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini o‘rganish hamda natijalarini muhokama qilish.

(Mas’ul: Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya)

TASHKILIY MASALALAR

Saylovchilar bilan uchrashuvlarni tizimli tashkil etish va ularning murojaatlarini o‘rganish.

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N. Jazilov

Deputatlik faoliyatining eng muhim yigirma to‘rtta yo‘nalishi bo‘yicha ishlarni tashkil qilish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov)

Sessiyalar va doimiy komissiyalar majlislariga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish.

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M. Shovqiddinov)

Qabul qilingan yangi qonunlarning mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida targ‘ibot tadbirlarini tashkil etish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi N.Jazilov)

Deputatlarga taqsimlangan qonunlarning joylardagi ijrosini nazorat qilishni tashkil etish

(Mas’ul: Tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Shovqiddinov)

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegram (https://t.me/Payariqkengashkotibiyati) | Veb-Sayt| (https://kengash.gov.uz/news?region_id=7&authority_id=377) Facebook (https://www.facebook.com/share/1CUpgvKLYL/)|instagram (https://www.instagram.com/xalq_deputatlari_kengash/)

Slide 1 of 1