Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosi to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
Ijtimoiy soha obyektlarida monitoring ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi tomonidan ijtimoiy muammolarni o‘rganish hamda joylarda amalga oshirilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarini monitoring qilish maqsadida maktab, bog‘cha va sog‘liqni saqlash muassasalarining holati o‘rganilmoqda.

Jumladan, Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 2-martdagi “Boyovut tumani mahalliy byudjetining 2026-yil boshiga hosil bo‘lgan erkin qoldiq mablag‘larni yo‘naltirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi yuzasidan quyidagi obyektlarda monitoring olib borildi:

Tuman madaniyat bo‘limi tasarrufidagi 19-sonli “Farhod” madaniyat uyini joriy ta’mirlash ishlari (100 mln so‘m).

Ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlarining borishi joyida ko‘zdan kechirildi.

O‘rganishda Kengash kotibiyati mudiri X. Berdiyarova, tuman Madaniyat bo‘limi boshlig‘i Sh. Xolmurodov hamda tuman Iqtisodiyot va moliya bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari F. Xudaynazarovlar ishtirok etdi.

Monitoring davomida aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli mas’ullarga topshiriqlar berildi va ishlar sifatini oshirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 7