Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosi to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
Yashil hududlar – shahar rivojining ajralmas qismi

Yashil hududlar – shahar rivojining ajralmas qismi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ilgari surilgan muhim tashabbus yurtimizda ekologik barqarorlikni ta’minlash, shahar va hududlarni yanada ko‘kalamzorlashtirish yo‘lidagi izchil siyosatning mantiqiy davomi bo‘ldi.

Ushbu tashabbus nafaqat tabiatni muhofaza qilish, balki aholi salomatligini yaxshilash, iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish va kelgusi avlodlar uchun sog‘lom muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi va ekolog sifatida ta’kidlamoqchimanki, bu kabi loyihalar joylarda amaliy harakatlar bilan qo‘llab-quvvatlanishi zarur. 

Ayniqsa: 

— daraxt ekish ishlarini ilmiy yondashuv asosida tashkil etish;

— ko‘chatlarni parvarishlash va saqlash tizimini kuchaytirish;

— aholini, ayniqsa yoshlarni ekologik madaniyatga jalb etish;

— har bir mahalla darajasida “yashil hudud”larni kengaytirish muhimdir.

Olmazor tumanida ham “Yashil makon” loyihasi doirasida amaliy ishlar izchil davom ettiriladi. Biz nafaqat daraxt ekish, balki ularning yashnab ketishi uchun mas’uliyatli tizimni yo‘lga qo‘yishga alohida e’tibor qaratamiz.

Shuningdek, mazkur tashabbus doirasida deputatlar faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan muhim yangiliklar ham belgilandi. Xususan, joriy yildan boshlab Qonunchilik palatasining har bir deputatiga o‘z saylov okrugida “yashil hudud” va “yashil bog‘”lar barpo etish uchun 412 million so‘mdan mablag‘ ajratilishi belgilanmoqda.

Bu, o‘z navbatida, deputatlarning hududlardagi ekologik islohotlardagi amaliy ishtirokini yanada kuchaytiradi, aholi bilan hamkorlikda aniq va manzilli loyihalarni amalga oshirish imkonini kengaytiradi.

Shu bilan birga, “Mening bog‘im” dasturi doirasida ajratiladigan mablag‘lar miqdorining 400 million so‘mgacha oshirilishi ham joylarda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqadi. 

Bu imkoniyatlardan samarali foydalanib, har bir hududda aholiga qulay, ekologik barqaror “yashil makon”lar yaratish dolzarb vazifa hisoblanadi. Chunki atrof-muhitni asrash — bu faqat davlat yoki tashkilotlar vazifasi emas, balki har bir fuqaroning burchidir.

Umarxodjayeva Shaxnoza, Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi raisi

Slide 1 of 1