#deputatlik_faoliyati
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi deputati K.Djumanazarova tomonidan "Yangilik" MFYda faoliyat yuritayotgan hokim yordamchilari faoliyati, ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi hamda aholini kambag‘allikdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar holati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida hokim yordamchilari tomonidan fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, kredit va subsidiyalar ajratish, kasb-hunarga o‘qitish hamda daromad manbalarini kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi!