Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosi to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
Deputat muammoli masalani hal qildi.

Bugun Bo‘zatov tumani A.Timur ko‘chasi va O‘zbekiston ko‘chasi kesishmasida ichimlik suv quvuri yorilishi holatlari yuz berdi.

Mahalliy fuqarolar tomonidan tez vaqt ichida Bo'zatov tuman Kengashi kotibiyat mudiri, 1-sonli "Erik baǵ" saylov okrugidan (ÓzMTDP) saylangan deputat A.Ibragimovga yuz bergan holat bo‘yicha xabar berildi. Deputat o‘z navbatida "Qoqaqalpoq suv ta’minoti" Aksiyadorlik jamiyati Bo‘zatov tumani filiali boshlig‘i M.Baltaboyevga telefon orqali bog‘lanib yuqoridagi masala bo‘yicha bayonot berdi va suv ta’minoti boshlig‘i tezda operativ guruh yuborilishini aytdi.

Suv quvuri yorilishi sabablari va bartaraf etilishi.

Xalq deputatlari Bo‘zatov tumani Kengashi Kotibiyati mudiri tomonidan, Kotibiyati bosh mutaxassisina joyiga borib suv quvuri yorilishi sabablarini va bartaraf etilish jorayonlarini kuzatish bo'yicha topshiriqlar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, A.Temur ko‘chasi va O‘zbekiston ko‘chasi chorrahasida suv quvurining yorilishi ketishi, yer ostidagi beton to‘siqlar qo‘shilgan joylari metall xomut bilan ulangan bo‘lib, bu esa tuproq bilan korroziyaga uchrab, chiriy boshlagan va suv bosimining ko‘payishi natijasida metall xomut yorilib, suv sizib chiqa boshlagan, bu esa 25 ta xo‘jalik suv tarmog‘idan uzilib qolishiga sabab bo‘ldi.

Hozirgi vaqtda vaziyat nazoratga olinib, yorilgan joylarga polimer ustunlar o‘rnatilib, tez orada ishlar bartaraf etildi.

Slide 1 of 3