Новости

Последние новости

янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi “Oilaviy shifokorlik punkti”da O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi hamda “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunlari ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
янв.21
Chorvador MFY Kultepa qishlog‘ida joylashgan “G'orbobo” ziyoratgohi va hududdagi madaniy meros yodgorliklari holati o‘rganildi.
янв.21
Chorvador MFYda xotin-qizlar bandligi va tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash ishlari hamda “Oilaviy tadbirkorlik to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining Qonunining hududdagi ijrosi tahlil qilindi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tuman Kengashi deputati Kultepa qishlog‘ida Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Chorvador mahallasida amaliy o‘rganish ishlari davom etmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan tuman elektr tarmoqlari korxonasiga deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Deputat nazorati: Ichimlik suvi ta’minoti tizimi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat nazorati: markaziy sayilgohdagi ta’mirlash ishlari o‘rganildi
Tumandagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar deputat nazoratida.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-48-son Qarorini tumanda ijrosi, shuningdek mazkur qaror bilan 2026-yilda tumandagi koʻp kvartirali uylarni mukammal va joriy taʼmirlash boʻyicha dastlabki manzilli roʻyxatda qurilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarining parametrlari boʻyicha belgilangan vazifalarni oʻz vaqtida va sifatli bajarilishini qatʼiy nazoratga olindi.

Tuman hududidagi ko‘p kvartirali uylarning tutash hududlarida 2026-yilda barpo etilishi rejalashtirilgan infratuzilma obyektlarida olib borilayotgan ishlar 2-A.Navoiy saylov okrugi deputati L.Avezova hamda 5-Bog’cha saylov okrugi deputati M.Atoyevalar tomonidan “Aslon Islom” qurilish boshqaruv servis kompaniyasi raxbari A.Atoyev va tuman qurilish va uy joy kommunal xo'jaligi bo'limi bosh muxandisi U.Samandarovlarning tumanda olib borilayotgan ishlari atroflicha o‘rganilib, qat’iy nazoratga olindi. Mazkur jarayonda hududlarni kompleks rivojlantirish, aholiga yanada qulay va zamonaviy shart-sharoitlar yaratish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

O‘rganish davomida ichki yo‘llarni ta’mirlash va yangidan qurish, piyodalar yo‘laklarini barpo etish, ko‘kalamzorlashtirish ishlarini kengaytirish, bolalar maydonchalari va dam olish maskanlarini tashkil etish, shuningdek, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarini yangilash va kengaytirish kabi muhim yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratildi. Aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir ko‘rsatuvchi ushbu loyihalarning sifatli va o‘z vaqtida bajarilishi muhim vazifa sifatida belgilandi.

Shuningdek, qurilish jarayonlarida belgilangan me’yor va standartlarga qat’iy rioya etilishi, ishlarning samaradorligi hamda foydalanilayotgan materiallar sifatiga alohida urg‘u berildi. Hudud aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ularning fikr va takliflari tinglandi, mavjud muammolar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga aniq topshiriqlar berildi.

Aniqlangan kamchiliklarni tezkor bartaraf etish, ishlarni jadallashtirish hamda har bir loyiha bo‘yicha aniq muddat va natijadorlikni ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, har bir infratuzilma obyektining aholi ehtiyojidan kelib chiqib barpo etilishi, hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojiga xizmat qilishi zarurligi ta’kidlandi.

Mazkur nazorat tadbirlari kelgusida hududlarda obodonlashtirish ishlarini yangi bosqichga olib chiqish, fuqarolar uchun yanada qulay yashash muhitini yaratish hamda ularning turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 1