Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar “Inson ijtimoiy xizmatlar markazi”da bo‘lib, ijtimoiy xodimlar faoliyatini yanada samarali tashkil etish hamda olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishni kuchaytirish hamda ularga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holatlarining oldini olishga qaratilgan farmoni ijrosi yuzasidan hududda amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tumani Kengashi raisi D.Begmatova va kotibiyat mudiri M.G'oibnazarovlar „Jizzax suv ta’minoti” AJ Zomin tumani filiali faoliyati bilan tanishdi.
янв.21
Zomin tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova hududdagi “mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashib, ularning olib borayotgan ishlari bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan hududdagi maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan saylovchilardan kelib tushgan murojaat joyiga chiqqan holda batafsil o‘rganildi.
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5-son qarori ijrosi to'g'risidagi qaror loyihasi jamoatchilik muhokamasida
янв.21
Tuman Kengashi deputati B.Ergasheva hududda yoshlar yetakchisi hamda hokim yordamchisining faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
янв.21
Tumandagi “og‘ir toifaga” kiritilgan “Obi-xayot”, “Farovon” hamda “Sh.Rashidov” mahallalarining infratuzilmasini tubdan yaxshilashga doir qaror loyihasi tasdiqlandi.
📌 Mahallalardagi jinoyatchilik holati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilish kun tartibiga muvofiq, Ishtixon tumanida 2025-yil davomida mahallalar kesimida jinoyatchilik holatini tahlil qilish, jinoyatlarning kelib chiqish sabablari va shart-sharoitlarini aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining tuman bo‘limi boshlig‘i K.Yavkochdiyevning hisoboti eshitildi.

Hisobotda qayd etilishicha, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ–1-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida tuman ichki ishlar bo‘limi hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda mahallalarda huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktika tadbirlarini kuchaytirish va xavfsiz muhit yaratish borasida tizimli ishlar olib borilgan.

2025-yil yakunlariga ko‘ra, tumandagi 62 ta mahalla fuqarolar yig‘inidan:
38 tasida jinoyat sodir etilmagan,
20 tasida jinoyatchilik kamaygan,
4 ta mahalla “qizil toifa”ga kiritilgan (Yangikent, Ishtixon, Xalqobod, G‘.G‘ulom).

Mazkur hududlarda kriminogen vaziyatni yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, profilaktika ishlari natijasida 2025-yilda 1641 nafar fuqaro profilaktik hisobdan chiqarilgan. Oilaviy ajrimlarning oldini olish borasida ham tizimli ishlar olib borilib, 101 ta ajrim yoqasidagi oila yarashtirilgan hamda bugungi kunda 13 ta mahalla ajrimdan holi hududga aylantirilgan.
Hisobotda qayd etilishicha, yil davomida oldini olish mumkin bo‘lgan jinoyatlar soni 78 tani tashkil etgan bo‘lib, ular orasida o‘g‘irlik, tan jarohati yetkazish va boshqa turdagi huquqbuzarliklar mavjud. Jinoyatlar tasnifiga ko‘ra, ularning asosiy qismi ijtimoiy xavfi katta bo‘lmagan va uncha og‘ir bo‘lmagan toifalarga to‘g‘ri keladi.
Komissiya a’zolari tomonidan mahallalarda xavfsiz muhitni mustahkamlash, jinoyatchilikning oldini olish, “mahalla yettiligi”, profilaktika inspektorlari hamda boshqa mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Yig‘ilish yakunida mazkur masalani Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritish bo‘yicha takliflar ilgari surildi. 

Slide 1 of 3