Xalq deputatlari Paxtakor tuman Kengashi deputati Qurbonboy Nishonov o‘z deputatlik faoliyati doirasida Bog'ishamol mahallasini obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari hamda chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi bo‘yicha nazorat tadbirini o‘tkazdi.
Deputatning ta’kidlashicha, mahallalarni obodonlashtirish va yashil hududlarni kengaytirish nafaqat estetik jihatdan muhim, balki aholining sog‘lom turmush tarzini ta’minlashda ham muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, nazorat tadbirlari muntazam ravishda o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklar tezkorlik bilan bartaraf etiladi.
Mahalla aholisi deputatning bu tashabbusini iliq kutib olib, o‘z hududlarini yanada obod va qulay qilishga intilishayotganliklarini bildirdi.
Bu kabi amaliy ishlar hududlarda yashash sifatini oshirishga xizmat qilmoqda va deputatlik nazoratining samarasini yaqqol ko‘rsatmoqda.