Новости

Последние новости

янв.21
Tuman Kengashi deputatlari Yoshlar ishlari agentligi faoliyati bilan yaqindan tanishdi
янв.21
Tuman Kengashi deputati tomonidan fuqarolar qabuli o‘tkazildi
янв.21
Hududlarda aholi farovonligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni jadallashtirish maqsadida qaysi ustuvor yo‘nalishlarga alohida e’tibor qaratish zarur
янв.21
Deputatlik so‘rovi asosida muammo ijobiy hal etildi
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Zomin milliy tabiat bog‘i hududida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish hamda ekilgan daraxt ko‘chatlarining holatini baholash maqsadida keng qamrovli monitoring tadbiri o‘tkazildi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashi deputati R.Mamatqulov tomonidan Baxt mahalla fuqarolar yig‘ini aholisidan kelib tushgan murojaatlar asosida tuman Obodonlashtirish boshqarmasiga chiqarilgan deputatlik so‘rovi ijobiy hal etildi.
янв.21
Fuqarolar murojaati joyida o‘rganildi
янв.21
Beruniy mahallasida obodonlashtirish ishlari davom etmoqda
#24_ta_masala 🎼 Madaniyat muassasasida o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputatlari U.Nurmuxamedov va J.Mavlyanov tomonidan hududdagi madaniyat muassasalari, jumladan muzeylar hamda kutubxonalar faoliyati holatini o‘rganish maqsadida joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu doirada deputatlar tomonidan tumandagi 21-son Bolalar musiqa va san’at maktabida o‘rganish o‘tkazildi. O‘rganish jarayonida muassasaning moddiy-texnik bazasi, o‘quv jarayonlari uchun yaratilgan sharoitlar, o‘quvchilarni musiqa va san’atga qiziqtirish borasida olib borilayotgan ishlar hamda binoning umumiy holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, muassasa rahbariyati bilan muloqot o‘tkazilib, faoliyat samaradorligini yanada oshirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda madaniyat muassasalarining faoliyatini yanada rivojlantirish yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Slide 1 of 3