O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-son Farmoniga ko‘ra, mahalladagi yoshlar yetakchisining asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:
✔️ Yoshlarning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish, jamiyat uchun foydali va umummilliy manfaatlarga xizmat qiladigan loyihalarni mahalla darajasida amalga oshirish.
✔️ Yoshlarning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish, ularning iqtidor va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etish hamda “Besh tashabbus olimpiadasi”ni yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish.
✔️ Mehnat bozoriga kirib kelayotgan yoshlarning tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularning o‘z taqdiri uchun mas’uliyat hissini kuchaytirish orqali bandligiga ko‘maklashish.
✔️ “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga ko‘rsatiladigan yordamning ijtimoiy hamkorlik tamoyili asosida tashkil etilishini ta’minlash.
⚠️ Izoh: Yoshlar yetakchilarini ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan yig‘ilish va tadbirlarga jalb qilish, faoliyatiga asossiz aralashish hamda ularga taalluqli bo‘lmagan vazifalarni yuklash taqiqlanadi.