Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati Dilnoza Otabayeva hududlarda olib borilayotgan ijtimoiy ishlar samaradorligini o‘rganish maqsadida mahalladagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Tashrif davomida aholining ijtimoiy muammolarini hal etish, bandlikni ta’minlash, yoshlar bilan ishlash hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi. Shuningdek, deputat fuqarolar bilan muloqot qilib, ularning taklif va murojaatlarini tingladi.
O'rganish davomida mahallada amalga oshirilayotgan ijtimoiy loyihalar, tadbirkorlikni rivojlantirish, xotin-qizlar bandligini ta’minlash hamda yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish borasidagi ishlar tahlil qilindi.
Mazkur o‘rganishlar mahalla yettiligi faoliyatini yanada takomillashtirish, aholining muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlari bilan fuqarolar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.