Новости

Последние новости

янв.21
Zomin davlat qo‘riqxonasida obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va aholi bandligi masalalari o‘rganilmoqda
янв.21
Mahallalarda obodonlashtirish va tomorqadan unumli foydalanish bo‘yicha o‘rganishlar davom etmoqda
янв.21
Zomin tumani Kengash deputati, hokimining yoshlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
“Yangi O‘zbekiston qiyofasidagi mahalla” dasturi doirasida targ‘ibot ishlari davom etmoqda
янв.21
Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati sayyor qabul o‘tkazdi.
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashining o‘n yettinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Zomin tumanida “Salomatlik marafoni”ning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
“Chag‘atoy” mahallasida xotin-qizlar faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abdurazzaqova Zebo Safarovna o‘z saylov okrugi hududidagi Chag‘atoy mahallasida bo‘lib, mahalla xotin-qizlar faoli tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahallada xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani alohida ta’kidlandi.

Ma’lum qilinishicha, 2026-yilda mazkur mahallada “Ayollar daftari”ga 95 nafar xotin-qizni kiritish rejalashtirilgan. Ushbu ro‘yxat orqali ehtiyojmand va ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarga manzilli yordam ko‘rsatish, ularning muammolarini individual yondashuv asosida hal etish ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, xotin-qizlarning tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, imtiyozli kredit va subsidiya imkoniyatlari haqida tushuntirish ishlarini kuchaytirish, kasb-hunarga o‘qitish hamda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Deputat tomonidan mahalladagi mavjud muammolar, xususan, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va xotin-qizlar faolligini oshirishga doir takliflar tinglandi hamda mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bugungi kunda mahalla tizimida xotin-qizlar bilan ishlash masalasi davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. “Chag‘atoy” mahallasida olib borilayotgan amaliy ishlar esa bu boradagi sa’y-harakatlarning hayotiy natijasini namoyon etmoqda.

Xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va faolligini mustahkamlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda munosib turmush sharoitini yaratish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 4