🔹O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq xalq deputatlari Boʻstonliq tumani Kengashi deputati A.Mannobov tomonidan tumanning “G‘azalkent” mahallasida fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🔹Qabul davomida fuqarolar tomonidan subsidiya olish tartibi, farzandini davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirish masalasi va qattiq maishiy chiqindilarni olib chiqib ketish xizmatini jadallashtirish va boshqa muammolar haqida murojaatlar bildirildi.