Новости

Последние новости

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi deputati M. Raimdjonov “Oʻrda tagi” mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla yettiligi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Ochiq muloqot davomida hududdagi dolzarb masalalar, aholini qiynayotgan muammolar hamda ularning yechimlari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, yoshlar bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Mahalla yettiligi a’zolari tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar deputat tomonidan tinglanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilandi. Ayrim murojaatlar yuzasidan mas’ul tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3