Xalq deputatlari Toshloq tumani Kengashi deputati R. Matqulov hamda O‘zbekiston Respublikasi Ekologik Partiyasi Toshloq tumani Kengashi raisi O.Nazirxo‘jayev Xonariq
mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, mahalla yettiligi bilan birgalikda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv davomida yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, aholi bandligini ta’minlash, hududda amalga oshirilayotgan tozalash, obodonlashtirish hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi.
Shuningdek, mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.