Новости

Последние новости

янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Mahallani yuksaltirish yili”
Deputat_Munosabati

 O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Amerika Qo‘shma Shtatlari bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy sheriklikni yanada mustahkamlashga
qaratilgan ishbilarmonlik tadbirlaridagi faol ishtiroki hamda Tinchlik kengashining birinchi sammitida ilgari surgan tashabbuslari xalqaro maydonda
mamlakatimiz nufuzini yanada oshirdi.

Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan ochiq va pragmatik tashqi siyosat natijasida
O‘zbekistonning jahon hamjamiyatidagi o‘rni tobora mustahkamlanmoqda. AQSH bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarning kengayishi mamlakatimiz
iqtisodiyoti uchun yangi imkoniyatlar, zamonaviy texnologiyalar va qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
 

Tinchlik kengashining birinchi sammitida ilgari surilgan tashabbuslar esa global barqarorlik, o‘zaro hurmat va konstruktiv muloqotni rivojlantirishga
qaratilgani bilan ahamiyatlidir. Bu tashabbuslar nafaqat mintaqaviy, balki xalqaro miqyosda ham tinchlik va hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qiladi.

Davlatimiz rahbarining bunday yuksak darajadagi uchrashuv va sammitlardagi ishtiroki hududlarda, jumladan G‘ozg‘on shahrida ham investitsion
muhitni yaxshilash, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va yangi loyihalarni amalga oshirishga ijobiy turtki beradi.
 

Biz, mahalliy Kengash deputati sifatida, yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni joylarda samarali amalga oshirish, aholi farovonligini oshirish va
tadbirkorlik subyektlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratish yo‘lida faol ishlashda davom etamiz, shubhasiz, Prezidentimizning xalqaro maydondagi faoliyati
Yangi O‘zbekistonning ochiq, tinchliksevar va hamkorlikka tayyor davlat sifatidagi qiyofasini yanada mustahkamlamoqda.
  

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Hojiyev Farhod Yusupovich.