Новости

Последние новости

янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Mahallani yuksaltirish yili”
YIGʻILISHDA KENGASH OLDIDAGI USTUVOR VAZIFALAR BELGILAB OLINDI.

Yigʻilish kun tartibida:

-Xalq deputatlari tuman Kengashi va Kengash doimiy komissiyalari hamda deputatlarning 2026 yil uchun moʻljallangan ish rejalarini tuzish;

-Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi “Hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan oʻzaro hamkorligini yanada kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-35-V-son qarori ijrosini taʼminlash;

-Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 28-yanvardagi “Xalq deputatlari viloyat, tuman, shahar Kengashi tomonidan Kengash soʻrovini, mahalliy Kengash deputati tomonidan deputat soʻrovini yuborish tartibini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi KQ-53-V-sonli qarori ijrosini taʼminlash;

-Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati mahalliy vakillik organlari faoliyatini kuchaytirishga koʻmaklashuvchi komissiyasining 2024-yil 31-yanvardagi “Mahalliy Kengashlar deputatlari faoliyati samaradorligini oshirish toʻgʻrisida”gi 22-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida deputatlarning saylovchilar oldida hisobot berish grafigini tuzish;

-Deputatlar faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha belgilab berilgan vazifalardan kelib chiqib, ommaviy axborot vositalari orqali faoliyati yuzasidan chiqishlar koʻrsatkichini yanada oshirish hamda kelgusidagi vazifalar yuzasidan bir qator masalalar muhokama qilindi.

Yigʻilishda deputatlar va doimiy komissiya raislari tomonidan Kengash faoliyati samaradorligini oshirishda deputatlik nazorati institutidan samarali foydalanish, ommaviy axborot vositalarida chiqishlar qilish, aholi muammolarini ijobiy hal qilish hamda hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish boʻyicha belgilangan dolzarb vazifalar ijrosi ustidan taʼsirchan deputatlik nazoratini oʻrnatish borasida izchil saʼy-harakat olib borish zarurligi yuzasidan fikr mulohazalarini bildirib oʻtishdi.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan hamda bildirilgan takliflardan kelib chiqib, yigʻilish qarori qabul qilindi. 

Slide 1 of 8