Новости

Последние новости

янв.21
Jizzax viloyati Kengash deputati O.Mamatqulov Zomin tumani Baxt mahallasida uchrashuv o‘tkazdi.
янв.21
Tuman Kengashi deputati mahallada sayyor qabul o‘tkazdi
янв.21
Zomin_tuman_Kotibiyat
янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
Sho‘rchi tumanida Ramazon oyida xayr-saxovat va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlari izchil davom etmoqda

    Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan muborak Ramazon oyini munosib o‘tkazish, xayr-saxovat tadbirlarini kengaytirish, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda kam ta’minlangan oilalarga manzilli yordam ko‘rsatish borasida mamlakatimizda keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. 

    Mazkur ezgu tashabbuslar doirasida Xalq deputatlari Sho‘rchi tumani Kengashi deputati, tuman hokimi Ishmurzoyev Akbarali Abdujabbarovich boshchiligida tumanda ham tizimli va samarali ishlar yo‘lga qo‘yilgan. 

    Xususan, Ramazon oyida ijtimoiy himoyaga muhtoj, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalar holidan xabar olinib, ularga oziq-ovqat mahsulotlari va zaruriy kundalik iste’mol tovarlari yetkazib berilmoqda. Shuningdek, nuroniylar, yolg‘iz keksalar hamda nogironligi bo‘lgan fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etilib, ularning muammolari o‘rganilmoqda va amaliy yordam ko‘rsatilmoqda. 

    Tuman rahbari boshchiligida sektorlar, mutasaddi tashkilotlar va jamoatchilik vakillari hamkorligida manzilli yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, har bir murojaat e’tibor markazida turibdi. Bu esa Ramazon oyining insonparvarlik, mehr-oqibat va saxovat kabi ezgu qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

    Sho‘rchi tumanida amalga oshirilayotgan bunday xayrli tadbirlar aholi tomonidan mamnuniyat bilan kutib olinmoqda. Ezgulik va saxovat oyida amalga oshirilayotgan bu sa’y-harakatlar jamiyatda hamjihatlik va birdamlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. 

   

Slide 1 of 1