Новости

Последние новости

янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Mahallani yuksaltirish yili”
Deputatlar tomonidan aholi muammolari o‘rganildi

 Deputatlar tomonidan aholi muammolari o‘rganildi 

Xalq deputatlari
Quva tuman Kengashi deputatlari tomonidan tumandagi Bahor mahalla fuqarolar yig‘iniga
qarashli Moy qishlog‘iga amaliy tashrif uyushtirildi. Mazkur qishloq o‘ziga xos
tabiiy-relef xususiyatlariga ega bo‘lib, qo‘shni Qirg‘iz Respublikasi bilan davlat
chegarasiga yaqin hududda joylashgani bilan ahamiyatli hisoblanadi. 

Amaliy tashrif
davomida qishloqning ijtimoiy hamda muhandislik-kommunikatsiya infratuzilmasi holati
atroflicha o‘rganildi. Xususan, ichki yo‘llar sifati, ichimlik suvi bilan ta’minlanish
darajasi, elektr energiyasi ta’minoti barqarorligi, shuningdek, hududda olib borilayotgan
obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan yaqindan tanishildi. 

Shuningdek,
deputatlar tomonidan qishloq aholisi bilan ochiq va samimiy muloqot shaklida uchrashuv
o‘tkazilib, fuqarolarni qiynayotgan mavjud muammolar, kundalik turmushda uchrayotgan
masalalar, shuningdek, ularning taklif va murojaatlari batafsil tinglandi. Uchrashuv
davomida aholi tomonidan bildirilgan taklif va tashabbuslar ijobiy baholandi. 

Ko‘tarilgan
muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish hamda
aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash maqsadida mas’ul tashkilot va idoralar
rahbarlariga tegishli tavsiya va topshiriqlar tayyorlandi va mazkur masalalarning
ijrosi deputatlik nazoratiga olinishi ta’kidlandi.  

Slide 1 of 7