Новости

Последние новости

янв.21
"Oila va TABIAT" gazetasining 2026-yil 19-fevraldagi 7-soni
янв.21
Xalq deputatlari Zomin tuman Kengashing Reglament va deputatlik odob-axloqiy masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
янв.21
Davlatimiz rahbarligidagi yoshlar bilan ochiq muloqoti
янв.21
PAYSHANBA — YOSHLAR KUNI DOIRASIDA OTALIQQA OLINGAN YOSHLAR BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
янв.21
“Deputatlar hamkorligi - hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida”
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari mahallada
янв.21
Deputat soʻrovi
янв.21
Tibbiyot birlashmasida “Perinatal markaz” faoliyati deputatlar tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Mahallani yuksaltirish yili”
Deputat yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rganish olib bordi

Deputat yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rganish olib bordi

Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining hududlarni rivojlantirish hamda aholi muammolarini hal etishda mahalliy Kengashlar deputatlari va senatorlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan KQ-35-V-sonli qarori ijrosi doirasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib, hududlarni rivojlantirishga qaratilgan dasturlar ijrosini samarali nazorat qilish hamda mahallalardagi muammolarni hal etish bo‘yicha hamkorlik yo‘nalishlari belgilangan.

Ushbu vazifalar ijrosini joyida ko‘rish va mavjud muammolarni aniqlash maqsadida xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati E. Xamroyev Yoshlar ishlari agentligi Qiziriq tumani bo‘limiga tashrif buyurdi. Mazkur hujjatda belgilangan vazifalar asosida yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy faolligini oshirish, “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga belgilangan mezonlar asosida moddiy yordam ajratish, tadbirkorlik faoliyatini boshlash va o‘zini o‘zi band qilish uchun subsidiyalarni adolatli va manzilli yo‘naltirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, yoshlarni kasb-hunar va tadbirkorlik ko‘nikmalariga o‘qitish, o‘quv kurslari xarajatlarini qoplash, ularning ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi. Tashrif davomida olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, ayrim yo‘nalishlar bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati 

Rasmiy sahifalarimiz👇

Telegram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)

Slide 1 of 2