Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputati A.Sultanov shahardagi 13-sonli umumta’lim maktabida bo‘lib, “Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik” (ChQBT) fanining o‘qitilish holatini atroflicha o‘rgandi.
Mazkur o‘rganish davomida asosiy e’tibor fanning huquqiy asoslari, moddiy-texnik bazasi va o‘quv jarayonining amaliy ijrosiga qaratildi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra, maktabda 2025/2026-o‘quv yilidan boshlab ChQBT fanining haftalik yuklamasi 2 soat etib belgilangani va bu ko‘rsatkich tasdiqlangan o‘quv rejalarida to‘liq aks ettirilgani kuzatildi.
Bu kabi o‘rganish ishlari o‘quvchi-yoshlar harbiy xizmatga chaqirilishga ruhan va jismonan, shuningdek, intellektual jihatdan
shay, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularni harbiy xizmatga sifatli tayyorlash borasidagi islohotlarning ijrosini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.