Xalq deputatlari Qo‘shko‘pir tuman Kengashi deputati Mehribon Tillayeva o‘z saylov hududidagi 23, 41, 46—son maktablarga borib boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga berilayotgan bepul nonushta mahsulotlarini saqlanishi va sifatini o‘rganib chiqdi. O‘rganish jarayonida tadbirkorlar tomonidan keltirilayotgan sharbatlar talabga javob bermagani aniqlanib,kamchiliklar joyida hal qilindi.