Новости

Последние новости

янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Y.Safarov tomonidan deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Davlat rahbari raisligida tarmoq va hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar muhokama qilindi.
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati S.Bekmurodova tomonidan deputatlik so‘rovi chiqarildi.
янв.21
Zomin tumanida “Yashil makon” loyihasi doirasida eko xashar aksiyasi o‘tkazildi
янв.21
Zomin tumanida ekoreyd tadbiri o‘tkazildi
янв.21
Mamlakat taraqqiyoti uchun muhim qadam
янв.21
Fuqarolar murojjatlari qabul qilindi.
янв.21
Davlatimiz rahbarining Pokistonga tashrifi:
янв.21
“Yashil makon” - kelajak avlod uchun
янв.21
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilandi
Deputat T.Berdiyev “Nurli kelajak” mahallasida

🚰Ochiq va samimiy ruhda o‘tgan muloqotda mahalla faollari va fuqarolar hududdagi eng og‘riqli masala — ichimlik suvi bilan bog‘liq isrofgarchiliklarni o‘rtaga tashladilar. Mahallaning Qaldirg‘och ko‘chasida ishlamay turgan suv nasosining quvuri (trubasi) yorilib ketganligi sababli, toza ichimlik suvi behuda oqib yotgani hamda Gulshan ko‘chasida 3v va 5v-sonli ikki qavatli uylar oralig‘ida ham ichimlik suvi quvurlaridagi nosozlik tufayli suv isrof bo‘layotgani qattiq e’tirozlarga sabab bo‘layotganligi ta’kidlandi.

📝 Deputat T.Berdiyev tomonidan barcha murojaatlar alohida nazoratga olindi. Muammolarni zudlik bilan bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuboriladigan bo‘ldi.

📎 Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputatlari tomonidan saylovchilar bilan bevosita muloqot qilish va mahallalardagi holatni o‘rganish ishlari izchil davom ettiriladi.