"Zarabod" mahallasida deputat va saylovchilar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
Xalq deputatlari Qiziriq tumani Kengashi deputati K.Muhammadiyev tumandagi "Zarabod" mahallasida mahalla raisi hamkorligida saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etdi.
Uchrashuv davomida mahalla aholisini qiynab kelayotgan masalalar, jumladan mahallada ichimlik suvi masalasi va bandlik bilan bog'liq masalalar hamda kundalik hayot bilan bog‘liq muammolar muhokama qilindi. Saylovchilar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan atroflicha tinglanib, ularning yechimi yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda choralar ko‘rish belgilandi.
Deputat K.Muhammadiyev bunday uchrashuvlar aholi bilan bevosita muloqotni mustahkamlash, muammolarni joyida o‘rganish va ularni hal etishda muhim ahamiyatga ega ekanini aytib bu kabi uchrashuvlar doimiy ravishda tashkil etilib borilishi lozimligini taʼkidladi.
Qiziriq tumani Kengashi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram (https://t.me/+h07HeUv_IP44MmUy) | Facebook (https://www.facebook.com/?ref=homescreenpwa) | E-kengash (https://kengash.gov.uz/qiziriq) |Instagram (https://www.instagram.com/xalqdep_qiziriqtumani_kengashi?utm_source=qr&igsh=MjJ2OG4xOTh0dHY3)