Новости

Последние новости

📌 Lola MFYda PQ-330 mablag‘lari sarfi nazorat qilindi: elektr tarmoqlari va asfaltlash ishlari ⚡️🛣

📌 Lola MFYda PQ-330 mablag‘lari sarfi nazorat qilindi: elektr tarmoqlari va asfaltlash ishlari ⚡️🛣

❗️Namangan shahar Lola MFY hududida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentabrdagi “Kambag‘allikdan farovonlik sari” PQ-330-son qarori doirasida ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi Xalq deputatlari Namangan shahar Kengashi deputati Xojieva Muyassar Mubillaevna tomonidan puxta o‘rganildi.

O‘rganish natijalariga ko‘ra, mablag‘larning dastlabki qismi mahallada elektr ta’minotini mustahkamlash maqsadida ishlatilgan: 156 ta elektr ustun va 3 dona transformator o‘rnatilgan. Qolgan mablag‘lar hududni asfaltlash ishlariga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan.

➡️ Ishlar joyida ko‘zdan kechirildi va amalga oshirilgan ishlar aniqlandi.

Slide 1 of 4