Новости

Deputat maktabdagi sharoitlar bilan tanishdi

32-Zarafshon okrugidan saylangan deputat Suyarov Farxod Sattorovich Zarafshon mahallasida joylashgan 38-umumta’lim maktabiga tashrif buyurib, muassasada olib borilayotgan qo‘shimcha qurilish ishlari, ularning sifati hamda sinf xonalarining issiqlik tizimi holati bilan yaqindan tanishdi.

Tashrif davomida ta’lim muassasasida o‘quvchilar uchun yaratilayotgan sharoitlar, mavsumga tayyorgarlik holati va mavjud muammolar muhokama qilindi. Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ul tashkilot va mutasaddilarga tegishli tavsiyalar berilib, kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Tuman Kengashi deputati

F. Suyarov

Slide 1 of 5