Новости

22-Olmazor saylov okrugidan saylangan deputat tomonidan Nuroniy MFYda o‘qituvchilar va mahalla faollari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti murojaatida belgilab berilgan ustuvor vazifalar, ta’lim-tarbiya sohasidagi islohotlar hamda mahallada mavjud murojaat va muammolar muhokama qilindi.

Deputat yig‘ilish ishtirokchilari bilan ochiq muloqot olib borib, mahalla faollari va o‘qituvchilarning taklif hamda tashabbuslarini tingladi. Bildirilgan murojaatlarni tegishli tartibda ko‘rib chiqish va ularning ijobiy yechimi bo‘yicha ishlar olib borilishi ta’kidlandi.

Tuman Kengashi deputati

A.Qobilov

Slide 1 of 3