Новости

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi deputati Jumavoy Rahmonqulov 53-son umumta’lim maktabida o‘tkazilgan ma’rifat soatida ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida deputat Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning Murojaatlarida belgilab berilgan yoshlar tarbiyasini kuchaytirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, zararli odatlardan asrash hamda ta’lim-tarbiya jarayonida doimiy nazoratni kuchaytirish borasidagi ustuvor vazifalar yuzasidan atroflicha ma’ruza qildi.

Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda mas’uliyat, intizom va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, maktab–ota-ona–mahalla hamkorligini yanada mustahkamlash muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3