O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 7-oktabridagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olishga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish tartibi to‘g‘risida ”gi 629-sonli qarori asosida O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar o‘tkazilishi belgilangan. Ushbu muhim siyosiy tadbirda Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashining deputatlar o‘z saylov okruglaridagi mahallalarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishib, “mahalla yettiligi” bilan xatlov jarayonida ishtirok etmoqdalar.