Новости

Sayyor qabul

   “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahallasida sayyor qabul o‘tkazildi

Bo‘ka tumani hokimining o‘rinbosari O. Djo‘rayev, xalq deputatlari Bo‘ka tuman Kengashi deputati T. Mirzayeva, “Xo‘jaqo‘rg‘on” mahallasining “mahalla yettiligi” a’zolari hamda tegishli korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirokida sayyor qabul tashkil etildi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy nafaqalar, ish bilan ta’minlash, tibbiyot va kommunal soha masalalariga oid 8 ta murojaat kelib tushdi.

Bildirilgan murojaatlar yuzasidan aniq choralar belgilandi, muammolarni bartaraf etish uchun nazorat rejasi ishlab chiqilib, ijroga yo‘naltirildi.

Slide 1 of 3