Kecha Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining 2025-yil yakunlari bo‘yicha navbatdagi Brifingi bo‘lib o‘tdi.
Anjumanda xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining doimiy komissiyalari raislari, shahar hokimligi matbuot xizmati rahbari, mustaqil ommoviy axborot vositalari vakillari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari vakillari qatnashdilar.
Yig‘ilganlarga Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi raisi P.A.Ro‘ziboyev tomonidan 2025-yilning ikkinchi yarim yilligi davrida shahar Kengashi tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari yuzasidan deputatlik nazoratini tashkil etish hamda OAV vakillari bilan hamkorlikni kuchaytirish to‘g‘risida axborot taqdim qilindi.
Brifingda ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar berildi.