Новости

Последние новости

янв.21
Energiya samaradorligini ta’minlash va energetika sohasini rivojlantirish
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Tuman Kengashi deputatlari kutubxonada
янв.21
Deputat mahallada
янв.21
Deputatlar mahallada
янв.21
Saylovchilar bilan chrashuv
янв.21
“2026-2030-yillarga mo‘ljallangan Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi.
янв.21
Taraqqiyot va farovonlik sari yangi qadam
янв.21
Murojaatnoma - taraqqiyot va xalq farovonligi yo‘lida yangi bosqich
Oila -- ma'naviyat bulog'i: "Farovon oila" loyihasi doirasida davra suhbati

O'zLiDeP Qamashi tuman Kengashi tomonidan "Navoiy" mahalla fuqarolar yig'inida "Farovon oila" loyihasi doirasida "Oila - ma'naviyat bulog'i" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda "Ayollar qanoti" guruhi, mahalla xotin-qizlar faollari hamda partiya faollari ishtirok etdi.

Davra suhbatining asosiy maqsadi xotin-qizlami qo'llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish va oilaviy qadriyatlarni mustahkamlashdan iborat edi. Tadbirda quyidagi vazifalar batafsil muhokama qilindi:

✔️Xotin-qizlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish.

✔️Er-xotin, ota-ona va farzandlar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlash.

✔️Oilalardagi nizoli vaziyatlamni kamaytirish va ajralishlaring oldini olish.

✔️Jamiyatda xotin-qizlarga qarshi zo'ravonlikka nisbatan murosasiz muhit yaratish.

✔️Og'ir ijtimoiy ahvolda qolgan ayollarga manzilli ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko'rsatish.

Shuningdek, "Farovon oila" loyihasi oilaning barqarorligini ta'minlash, xotin-qiziarning jamiyatdagi faolligini oshirish va ularni turli sohalarda qo'llab-quvvatlashga qaratilgan amaliy loyihalardan biri ekanligi tushuntirildi.

Davra suhbatida loyihaning maqsad va vazifalari ishtirokchilarga batafsil yetkazildi. Tadbir yakunida 5 nafar xotin-qizlar partiya safiga qabul qilindi, bu esa loyihaning hududdagi ijtimoiy natijalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

O'zLiDeP "Ayollar qanoti" tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar hududdagi xotin-qizlarning ijtimoiy, siyosiy va ma'naviy faolligini oshirish, oilalarni mustahkamlash hamda jamiyatda adolatii va himoyali muhit yaratishga xizmat qilmoqda. Shu kabi davra suhbatiari xotin-qizlarni faollikka undash, ularning huquq va imkoniyatlarini himoya qilish, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash borasida muhim rol o'ynamoqda.

Slide 1 of 1