Новости

"Deputat mahallada"

Xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati X.Xamdamova tomonidan “Zilol” mahallasi aholisi bilan viloyat hokimining qilgan murojaatnomasi bo‘yicha uchrashuv tashkil etildi. Unda shaharni ijtimoiy - iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlarini aholi o‘rtasida keng targ‘ib etish, aholi yashash sharoitlari, ularning muammo va kamchiliklari, ularni bartaraf etish masalalari yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati F. Aliqulov ham ishtirok etdi. Aholi vakillari ham so‘z olib, ayni paytda mahallada ichki ko‘chalarni taʼmirlash, eskirgan elektr simyog‘och va yoritkichlarni yangilash kabi muammolarni hal qilish kerakligini taʼkidlab o‘tishdi. 

Slide 1 of 6