Xalq deputatlar tuman Kengashining Qurilish, kommunal, suv xoʻjaligi, ekologiya, sanoat va transport masalalari boʻyicha doimiy komissiyasi aʼzolari D.Xursandova, X.Tillayev va N.Abdalimovalar Yangi Umid mfy hududida oʻrganish oʻtkazishdi.
# Oʻrganish davomida mahalla aholisiga xizmat koʻrsatayotgan “Bunyodkor PBK” MCHJ faoliyati, hududning obodonlashtirish va tozaligi, mahallaga yangi bino qurilishi, koʻp kvartirali xonadonlarning kuz-qish mavsumiga tayyorligi va chiqindi yigʻish punktlaridan chiqindilarni olib chiqib ketish holatlari oʻrganildi.
# Shuningdek, deputatlar tomonidan mazkur oʻrganish jarayonida aniqlangan kamchiliklar yuzasidan tegishli masʼullar bilan suhbatlashildi va kerakli tavsiyalar berib oʻtildi.