#Deputatlik nazorati
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatlari o'rganilmoqda
Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi deputati Dushayeva Nazokat Sharofitdinovna o'ziga biriktirilgan "Turkiston MFY" da joylashgan 66-umumta'lim maktabi binosida bo'lib, maktabdagi isitish tizimlari, qozonxona va qozon holatlarining ishga yaroqliligi o'rganildi.
O'rganish natijasida ta'mirtalab bo'lib qolgan isitish tizimlarini tegishli korxona va tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish choralari ko'rilishi belgilab olindi.