Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputati, XDP a’zosi I.Qodirova “O‘zbekiston” mahallasiga tashrif buyurdi. Mahalladagi mavjud muammolar o‘rganilib, kelgusida amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha mahalla raisi bilan kelishuvga erishildi. Shuningdek, deputat kam ta’minlangan, ehtiyojmand va nogironligi bo‘lgan oilalar xonadonlariga borib, ularning muammolari bilan yaqindan tanishdi.